Toshkent faoli

“TOShKeNT FAOLI” mukofoti Toshkent shahar hokimligining Toshkent shahri aholisiga, poytaxt va Toshkent aholsiining ijtimoiy, madaniy-tarixiy, insonparvarlik masalalarida namoyon etilgan shaxsiy tashabbus va beg‘araz yordam uchun topshiriladi. Mukofot tashabbuskori Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi sanaladi.

Maqsad:

Tadbir faol shaharliklarning real, hayotiy namunalarini namoyish qilish uchun Toshkent sh. aholisining fuqarolik tashabbuslarini faollashtirish, oqko‘ngillilik, mehribonlik, g‘amxo‘rlik va insonparvarlik kabi ma'naviy qadriyatlarni targ‘ib etish, yoshlarda ijobiy ma'naviy-axloqiy sifatlarni va faol hayotiy pozitsiyani shakllantirish maqsadlarida o‘tkaziladi. Faol fuqarolik pozitsiyasiga ega, o‘z xatti-harakatlari bilan poytaxtdagi ijtimoiy, madaniy-tarixiy, insonparvarlik masalalar yechimiga o‘z shaxsiy hissalarini qo‘shgan toshkentliklarni aniqlash va ularni aholining keng qatlami bilan tanishtirish ham oldinga qo‘yilgan maqsadlardan biridir.

Dolzarblik:

Bugun, shahrimiz hayotida faol o‘zgarishlar advrida fuqarolarning beg‘araz shaxsiy tashabbusini va faol fuqarolik pozitsiyasini ommalashtirish masalasi yuzaga chiqadi. Har kuni eng jonkuyar toshkentliklar ahvolni o‘zgartirishga va o‘z tumanlaridan tortib shahargacha – turfa darajalarda hayot sifatini yaxshilashga intilib, ko‘plab ezgu ishlarni amalga oshiradilar, ular haqda yangiliklarda muntazam o‘qiymiz. Bular ichida bir inson hayotini asrab qolishuv tarixiy yodgorlikni tiklash ham, muhtojlarga moddiy yordam va alohida ehtiyojlarga ega insonlarga g‘amxo‘rlik, xayriya faoliyati ham bor. Hozirga qadar bunday faoliyat davlat idoralari va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish idoralari tomonidan qayd etilmaydi va baholanmaydi. Eng faol toshkentliklarni izlash, saralash va mukofotlash – bu, avvalo, shahar jamoatchiligining e'tirofiga munosib xatti-harakatlarni rag‘batlantirishga va fuqarolarda jonkuyarlik pozitsiyasini hamda insonlar muammolariga, jamoatchilik muammolariga hamdardlik hissini shakllantirish jarayonidir.

“Toshkent faoli” mukofotiga nomzodlar tashabbuslari, faol fuqarolik pozitsiyalari, ezgu ishlari va xatti-harakatlari bilan ijtimoiy va jamoatchilik muammolarini hal qilishga hissa qo‘shgan jismoniy va yuridik shaxslar bo‘lishi mumkin.

Mukofot tanlov asosida quyidagi nominatsiyalarda topshiriladi:

beg‘araz tashabbus nominatsiyasi, ta'lim tizimiga bog‘liq;

shaharga, ekologiya va obodonlashtirishga beg‘araz yordam nominatsiyasi;

madaniy, tarixiy ob'ektlar va boshqalarni tiklashdagi beg‘araz yordam nominiatsiyasi;

Qahramonona jasorat va ko‘rsatilgan fidokorlik nominatsiyasi;

Muayyan vaqt davomida Toshkent madaniy va tarixiy merosini o‘rganish va targ‘ib qilishga davomiy beg‘araz yordami nominatsiyasi

Poytaxtning boshqa fuqarolariga yordami uchun maxsus ehtiyojlarga ega shaxs taqdirlanadigan nominatsiya.

“Jamoatchilik e'tirofi” (yuqorida keltirilgan nominatsiyalarning istalganida nomzod uchun berilgan eng ko‘p ovoz, hay'at ovoz berishi yo‘li bilan aniqlanadi).

Loyiha shahar xalq deputatlari kengashi majlisiga taqdim etish bosqichida turibdi. U tasdiqlangach va amalga oshirila boshlagach, qatnashish va arizalar berish barcha taomillari e'lon qilinadi.