SHAHAR

Loyihadan maqsad: Toshkent shahrining barcha aholisi uchun teng imkoniyatlarni ta'minlash

Qulay muhit – bu nogironlik bilan bog‘liq ehtiyojlar hisobga olingan holda qo‘shimcha jihozlangan jismoniy muhit, transport, axborot va aloqa ob'ektlari bo‘lib, cheklangan jismoniy imkoniyatlarga ega insonlarga mustaqil turmush tarzini kechirish imkoniyatini beradi.

Nogironlarning qobiliyatlari imkon qadar to‘liq rivojlanishi va ularning jamiyatga maksimal integratsiyasi mumkin bo‘ladigan to‘siqsiz muhitni, do‘stona atrof-muhitni ta'minlash uchun kerakli shart-sharoitlarni yaratish katta ahamiyatga ega. Nogironning jismoniy muhit, jumladan turar joy, transport, ta'lim, mehnat va madaniyat, shuningdek axborot va kommunikatsiya kanallaridan foydalana olishi bunday siyosatni baholash mezoni sanaladi.

“Shahar – barcha uchun” loyihasi kam mobil fuqarolar, nogironligi bor shaxslar va barcha shahar ahliga qulay bo‘ladigan to‘siqsiz shahar muhitini yaratishga qaratilgan.

Loyiha yaratish asoslari:

  • inklyuziv jamiyatning asosiy tamoyillarini amalga oshirish uchun qulay jismoniy muhitning mavjud emasligi;
  • shahar infratuzilmasi ob'ektlarining moslashmaganligi;
  • kam mobil fuqarolar va nogironligi bor shaxslar ehtiyojlarini hisobga olgan holda qarorlar qabul qilishning ishlamaydigan mexanizmlari;
  • samarasiz davlat nazorati, shuningdek qulay jismoniy muhitni yaratish uchun qonunchilik talablarini amalga oshirish ustidan jamoatchilik nazoratining mavjud emasligi.

Loyiha doirasida shahar muammosining tahlili 70 000 (nogironlar) + 300 000 (keksalar).

  • Binolar va ijtimoiy infratuzilma ob'ektlarining 85 foizi nogironligi bor shaxslar foydalanishi uchun moslashmagan.
  • Qulaylik bo‘yicha barcha me'yorlar va talablar O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 11-iyulda qabul qilingan 162-son “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarning ijtimoiy himoyalanganligi to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurilish bo‘yicha SNvaQda bayon etilgan.
  • O‘zR qonuniga rioya etilishini ta'minlash muammosi.
  • Shaharda qulay muhit bo‘lmaganligi sababli alohida ehtiyojlarga ega sayyohlar Toshkent shahriga kela olmaydilar.

Toshkentda ellik ming nafar nogironligi bor shaxs va yetti yuz ming nafar pensioner yashaydi.

Loyiha avvalo kam mobil fuqarolar (keksalar va bolalar aravachasili onalar), shuningdek nogironligi bor shaxslar hayotining sifatini yaxshilashga qaratilgan.

Alohida ta'kidlash kerakki, jismoniy muhitning qulayligi aslida barcha shaharliklar manfaatlariga xizmat qiladi, chunki nogironligi bor shaxslarga qulay narsa hamma uchun qulay bo‘ladi.

Loyihaning asosiy maqsadlari va vazifalari

Maqsadlar:

Loyihaning asosiy maqsadi barcha aholi, jumladan kam mobil fuqarolar va nogironligi bor shaxslar uchun teng imkoniyatlar yaratiladigan inklyuziv shahar barpo etishdir.

To‘siqsiz, do‘stona shahar muhitini ta'minlash uchun zaruriy bo‘lgan, nogironligi bor shaxslarni jamiyat hayotining barcha sohalariga qo‘shish va jalb qilishga xizmat qiluvchi shart-sharoitlarni yaratish.

Vazifalar:

  • Normativ-huquqiy hujjatlarni joriy etish va amalga oshirish mexanizmlarini nogironlar va boshqa kam mobil aholi guruhlari uchun qulay muhitni shakllantirish tamoyillarini hisobga olgan holda ishlab chiqish;
  • Nogironlar va kam mobil fuqarolar uchun ijtimoiy infratuzilma ob'ektlarining qulay sharoitlarini ta'minlash borasidagi faoliyatni jo‘shqinlashtirish bo‘yicha davlat va nodavlat tuzilmalarini rag‘batlantirish mexanizmini ishlab chiqish;
  • Qurilish ob'ektlarida, jihozlar, xizmatlar dasturlarini, shuningdek transport va ijtimoiy infratuzilma ob'ektlarini ishlab chiqish va joriy etish sohasida texnik tartibga solishda “universal dizayn” tamoyilini joriy etish;
  • Inklyuziv jamiyat mavzuiga bag‘ishlangan televizion ko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar hajmini oshirish;
  • Nogironlar uchun qulay sport, rekreatsion va sayyohlik ob'ektlarini yaratish;
  • Nogironligi bor shaxslar uchun qulay binolar va inshootlar sonini oshirish;
  • Nogironligi bor shaxslarga moslashtirilgan yo‘lovchi transporti bekatlari sonini oshirish;
  • NNTning qulaylik muammolarini hal qilishdagi salohiyati va faolligini oshirish (jamoatchilik nazorati va ijtimoiy sheriklik);
  • Fuqarolarning barcha aholi uchun shahar muhitining qulayligi tamoyillari (inklyuziv shahar)ning muhimligi to‘g‘risida xabardorligini oshirish;
  • Nogironlarning reabilitatsiya tadbirlarini o‘tkazish uchun qator davlat ta'lim va sanatoriy-kurort muassasalarini zamonaviy, jumladan reabilitatsion texnika bilan jihozlash;
  • Toshkent sh.da jismoniy muhitning qulayligi interaktiv xaritasini ishlab chiqish;
  • Shaharda nogironligi bor shaxslarni tashish uchun moslashtirilgan transport vositalari bilan ta'minlangan ixtisoslashgan taksi xizmatlarini yaratish.

Loyiha Xalq deputatlari shahar kengashi yig‘ishiliga taqdim etish bosqichida turibdi.