Loyiha taqdim etish

Jamoatchilik kengashi faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri shahar uchun foydali ijtimoiy loyihalarni to‘plash, tayyorlash, ekspertizadan o‘tkazish va ishga tushirish sanaladi. Agar sizda istalgan sohada: madaniyat, turizm, ta'lim, yoshlar sohasi, transport, ekologiya, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalarda shahrimiz hayotini sezilarli darajada yaxshilashga xizmat qiluvchi loyiha mavjud bo‘lsa-yu, loyiha muallifiga moliyalashtirish, turli ko‘rinishdagi ruxsatlar yoki boshqa shakllardagi ko‘mak kerak bo‘lsa, ushbu sahifada ariza shaklini yuklab olishingiz, to‘ldirishingiz va quyidagi shaklda yo‘llashingiz mumkin.

Loyiha taqim etish tartibi

1. Ariza shaklini yuklab olish

2. Barcha maydonlarni to‘ldirish

3. Moliyaviy smetani ilova qilish

4. Saytdagi shakl maydonlarini to‘ldirish, ariza va smetani ilova qilish, jo‘natish.

5. Ko‘rsatilgan telefon raqami orqali siz bilan albatta bog‘lanadilar.

Loyihani ko‘rib chiqish va tasdiqlash tartibi

Ariza olingach, u birlamchi ko‘rib chiqish uchun Jamoatchilik kengashining sohaviy ekspert komissiyasiga beriladi. Loyiha g‘oyasi tasdiqlanganda muallif Jamoatchilik kengashiga taqdimot va savol-javob uchun taklif etiladi. Agar moliyalashtirish talab etilsa, batafsil moliyaviy smeta taqdim etilishi majburiydir. Loyihada ijrochi – loyihani amalga oshirish uchun butun moliyaviy javobgarlikni zimmasiga oluvchi yuridik shaxs ko‘rsatilishi shart.

Loyiha tasdiqlanmasa, muallifga sababi ko‘rsatilgan raddiya jo‘natiladi.

Yig‘ilish loyihani qayta ishlash kerakligi to‘g‘risida qaror qabul qilsa, muallifga yig‘ilish tavsiyalariga muvofiq qayta ishlagandan so‘ng, loyihani takroran taqdim etish imkoniyati beriladi.

Jamoatchilik kengashi yig‘ilishi tomonidan loyiha g‘oyasi qabul qiliganidan keyin loyihani batafsil ishlab chiqish bosqichi boshlanadi. U loyihaning dolzarbligi va samaradorligi bo‘yicha soha tashkilotlari va ekspertlarining xulosalarini taqdim etishni, agar loyihada uchinchi shaxslar ishtiroki ko‘rsatilgan bo‘lsa, raqobat varaqlarini to‘plash va taqdim etish, moliyaviy smetani asoslash, yakuniy taqdimotga tayyorgarlik ko‘rishni o‘z ichiga oladi.

Loyihani rasmiylashtirish jarayoni nihoyasiga yetgach, u tasdiqlash yoki o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish uchun Xalq deputatlari shahar kengashi sohaviy komissiyalariga ko‘rib chiqish uchun taklif etiladi. Barcha komissiyalar va shahar Hokimligi moliyaviy boshqarmasining ijobiy xulosalari olinganidan keyin, loyiha Xalq deputatlari shahar kengashi majlisiga muhokamaga kiritiladi. U tasdiqlanadigan bo‘lsa, shahar hokimi tegishli qaror qabul qiladi va loyihani amalga oshirish jarayoni boshlanadi.

Loyihani amalga oshirish ustidan Jamoatchilik kengashi va Xalq deputatlari shahar kengashi a'zolaridan iborat komissiya tomonidan nazorat amalga oshiriladi. Loyiha ijrochisi ushbu komissiya oldida hisobdor bo‘lib, har oy loyiha amalga oshirilishining borishi to‘g‘risida hisobot taqdim etadi.

Loyiha arizasi shaklini yuklab oling

Shaklning barcha maydonlarini to‘ldiring.

To‘ldirilgan shaklni jo‘nating.

Siz bilan bog‘lanamiz.