UJKX va innovatsion rivojlantirish komissiyasi

 

Komissiya raisi: Kattaxo‘jaev Sherzod Irgashevich

Komissiyaning asosiy vazifasi hokimlik va davlat tashkilotlari tomonidan qabul qilinayotgan ijtimoiy, moliyaviy va texnik rivojlantirish dasturlari va rejalarida, normativ-huquqiy hujjatlarda, yangi texnologiyalarni va boshqa innovatsiyalarni rivojlantirishda shahar aholisi va fuqarolik jamiyati manfaatlariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish sanaladi.

Ushbu vazifa doirasida komissiya quyidagilarni o‘rganish bo‘yicha ish boshlagan:

  • shahar turar joy fondining energiya va resurs samaradorligini yaxshilash bo‘yicha tiimli dasturini ishga tushirish imkoniyatlarini;
  • shahar aholisi va shahar hududida ishlovchi davlat hamda tijorat tashkilotlarining resurslar (suv, gaz, elektr)dan foydalanish madaniyatini o‘zagartirishga qaratilgan xatti-harakat dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha ilg‘or jahon tajribasini;
  • bo‘lajak dastur uchun eng mos texnik, xatti-harakat va moliyaviy uslublarni tanlash uchun sinov loyihalarini o‘tkazish imkoniyatlarini;
  • energiya va resurs samaradorligi dasturlarining STEM (Science, Technology, Engineering, and Mathematics) kabi ta'lim tizimidagi innovatsion dasturlar bilan integratsiyalashuv imkoniyatlari. STEM ta'lim dasturi davlat darajasida iqtisodiy islohot, iqtisodiyotning innovatsion texnologiyalarga o‘tishi, yangi yuksak texnologik ish o‘rinlari yaratish, shuningdek O‘zbekiston yangi avlodining texnik ta'limi darajasini oshirish uchun muhim vosita sifatida ko‘rilmoqda. Komissiya, resurslar (suv, energiya, chiqindi va sh.k.)ga tejamkorlik bilan, mas'uliyatli va bilimli munosabatda bo‘lishni singdirish uchun maktabgacha yoshdan boshlab ta'lim dasturlarining ehtimoliy formatlarini ko‘rib chiqmoqda.
  • binolar fondini qayta tiklashga investitsiyalarni jalb qilish, binolarning energiya va resurs samaradorligi standartlarini yaratish, ilmiy asoslangan o‘lchov tizimiga ega ma'lumotlar yagona bazasini yaratish va binolar samaradorligini tasdiqlash.
  • aholi, davlat va xususiy tashkilotlar xodimlarini chiqindini qayta ishlash uchun saralash masalalariga jalb qilish, shuningdek davlat hamda xususiy tashkilotlarni mahsulotlarni keng ko‘lamli saralash va omborlash, qadoqlash, tashish, sotish va iste'mol qilishning butun siklida chiqindilarni kamaytirishga jalb qilishning eng samarali uslublarini tanlash uchun sinov loyihalari.
  • • UJKX, ta'lim sohalaridani texnologik, tashkiliy va boshqaruv innovatsiyalarini rag‘batlantirish.

Komissiya raisi – Kattaxo‘jaev Sherzod, Muqobil energetika klubi raisi.

Komissiya a'zolari:

Boboxonov Jamoliddin

Azamatov Timur

Abdusattorov Umid

Avloniy Kenja Jamshid

Rahmatullaev Marat

Umarbaeva yelena

Ahmedov Timur

Ekspertlar guruhlari

  • Innovatsion rivojlantirish va resurslarni tejash
  • AKT va billing
  • UJKX va tarif siyosati