Ijtimoiy rivojlanish masalalari komissiyasi
Komissiya raisi: Rashidova Feruza Musaevna
Ushbu komissiya to‘rtta ekspertlar guruhi ishini qamrab oladi:
- sog‘liqni saqlash
- sport
- ta'lim
- inklyuziya
Komissiya faoliyati rejasi BMTning 2030-yilga qadar Global kun tartibi Barqaror taraqqiyot maqsadlari (keyingi o‘rinlarda – BTM), Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20 oktyabrdagi 841- son “2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror taraqqiyot sohasida milliy maqsadlar va vazifalarni amalga oshirish chora-tabirlari to‘g‘risida”gi Qarorining izchil ijrosi bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish maqsadlarida tuzilgan.
Komissiyaning asosiy vazifalari quyidagilardir:
- Milliy maqsadlar va vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha mahalliy ekspertlarning samarali faoliyati tashkil etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini ta'minlash, Toshkent shahrida BTMga erishishga tarmoqlararo muvofiqlashtirish va integratsiyalangan yondashuvni ta'minlash;
- Ijtimoiy tarmoqlar bo‘yicha Milliy maqsadlar va vazifalarni amalga oshirish va natijalarga erishish masalalari bo‘yicha ekspertlar va ishchi guruhlar hisobotlarini tinglash.
Shuningdek, komissiya Milliy maqsadlar va vazifalarni to‘laqonli amalga oshirish uchun joylardagi ekspertlarning shaxsiy javobgarligini oshirish bo‘yicha choralar ko‘radi, zarur hollarda normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartishlar kiritish bo‘yicha Toshkent shahar hokimligi va deputatlariga takliflar tashabbusi bilan chiqadi.
Komissiya a'zolari:
Majidov Ulug‘bek Valievich
Isoqov Oybek Yusufbekovich
Ayrapetova Anna Andreevna
Abdurahmonov Farhod Pattaxovich
Aitov Yuriy Grigorevich
Haitmetov Dilshod Xolmirzaevich
Solihov Jasur Shovkatovich
Shamshidov Mixail Aleksandrovich
Ekspertlar guruhlari a'zolari:
K.R. Shakarova – ta'lim bo‘yicha kspertlar guruhi rahbari, psixolog, “Baxtli bo‘lish kaliti”, “Yangicha hayotga qadam” va sh.k. ijtimoiy loyihalarning asoschisi;
Sh.A. Oripova – “JASUR AGRO BIZNeS” fermerlik xo‘jaligining ilmiy tibbiy maslahatchisi;
Sh.I. Usmonov – “O‘zbekiston ingliz tili o‘qituvchilari” (UzTEA) assotsiatsiyasi raisining o‘rinbosari, “Hayot ozuqasi” nodavlat-notijorat xayriya loyihasi hammuassisi, “Insonparvar pedagogika” loyihasi asoschisi;
F.M. Turg‘unova – Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 121- son maktab ingliz tili o‘qituvchisi;
J.K. – Namangandagi 2- son kasb-hunar kolleji direktori;
F.M. Qodirov – “Genius” o‘quv markazi direktori, UzTEA o‘qituvchilari malakasini oshirish loyihasi direktori;
K.O. Saparova – f.f.d, dotsent, Jahon tillari davlat universiteti umumiy tilshunoslik kafedrasi mudiri;
N.E. Ergashev – Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi investitsion loyihalarni shakllantirish va monitoring qilish bo‘limi bosh mutaxassisi;
X.X. Abtobxo‘jaeva – Pedagogik innovatsiyalar instituti ta'limdagi innovatsion texnologiyalar kafedrasi katta o‘qituvchisi.
Ekspertlar guruhlari
- Madaniyat va turizm
- Sport masalalari
- Ijtimoiy himoya va gender tengligi
- Ijtimoiy himoya
- Ta'lim masalalari
- Sog‘liqni saqlash