Iqtisodiyot va shahar xo‘jaligini tashkil qilish komissiyasi

 

Komissiya raisi: Xo‘jaev Bahodir Ergashevich

Komissiyaning asosiy vazifasi hokimlik va davlat tashkilotlari qabul qiladigan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va rejalarida, normativ-huquqiy hujjatlarda, amalga oshirilayotgan islohotlar va shahar xo‘jaligini boshqarishni takomillashtirishda, byudjet xarajatlarini maqbullashtirishda, tadbirkorlikni rivojlantirishda shahar aholisi hamda fuqarolik jamiyatining manfaatlariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish sanaladi.

Ushbu vazifa doirasida shahar aholisi tomonidan tanlangan loyihalarni amalga oshirish uchun byudjet assignatsiyalaridan maqsadli foydalanish, davlat xaridlarini amalga oshirishda byudjet mablag‘larining samaradorligini oshirish, kommunal xizmatlar sifatini yaxshilash va kommunal tariflarni tartibga solish, kommunal infratuzilmani ildam rivojlanishiga, jumladan davlat-xususiy sherikligi orqali investitsiyalarni jalb qilish, qurilishda va ko‘chmas mulkdan foydalanishda bozor munosabatlarini shakllantirish kabi dolzarb masalalarni o‘rganish bo‘yicha ishlar boshlab yuborilgan.

Komissiyaning asosiy a'zolari va ekspertlari:

Xo‘jaev B.E. iqtisodiy rivojlanishni rejalashtirish, investitsiyalar, qurilish va uy-joy-komunal xo‘jalik sohalarida uzoq yillik mehnat tajribasiga ega, xalqaro konsultant maqomi sohibi;

Ibragimov A.U. iqtisodiy rivojlanishni rejalashtirish, xorijiy investitsiyalar bilan loyihalarni amalga oshirish, yer munosabatlari sohalarida katta mehnat tajribasiga ega;

Xudoyqulov F.N. uzoq yillar mintaqaviy iqtisodiy rivojlanishni rejalashtirish, soliqqa tortish, fuqarolik jamiyati, qurilish sohalarida faoliyat yuritgan;

Shodmonxo‘jaev R. – mintaqaviy rivojlanishni rejalashtirish va qurilish sohalarida ekspert.

Ekspertlar guruhlari

  • Tadbirkorlik va bandlikni qo‘llab-quvvatlash
  • Iqtisodiyot shahar xo‘jaligini tashkil qilish
  • Davlat xaridlari byudjetlari