Nochor ahvolga tushgan uy hayvonlariga yordam beramiz

Jamoatchilik kengashi Iroda Matkarimova tashabbusi bilan tuzilgan “Hayot” hayvonlar uchun boshpana haqida eslatadi. Boshpanaga tashlab ketilgan va uysiz hayvonlar kelib tushadi, ular soni hozirda bir yarim mingdan ziyod. Barcha hayvonlar emlangan va sterilizasiyalangan.

Karantin davrida tashlandiq hayvonlarga bog‘liq vaziyat keskinlashdi, ayrim odamlar boqimandalaridan voz kechdilar. Boshpana koronavirusdan davolanayotganlarning hayvonlarini ham qarab turish uchun qabul qiladi.
Biz mehribon va birovlar dardiga malham yurtdoshlarimizdan faxrlanamiz ammo faxrlanishning o‘zi kamlik qiladi. Boshpana ishlab turibdi lekin unga ko‘mak kerak – hayvonlarni parvarishlash uchun ko‘ngillilar, tog‘orachalar, tovoqlar, odeyalo, ko‘rpacha va mahsulotlar kerak. Kelib itlar bilan o‘ynash kerak, chunki har bir jonivorga yordamchi-xodimlarning vaqti yetmaydi.

Moddiy yordam ham kerak, qolaversa, yozda yong‘in bo‘lib, boshpanaga ham o‘tgan, ta'mirga ehtiyoj bor. Ko‘p narsalar – sellofan, to‘shama, qurilish mollari va shu kabilar zarur.

Shaxsiy ishtiroki orqali yordam berishni istaganlar Feysbukda boshpananing guruhini topishlari va yordamlarini boshqa ko‘ngillilar bilan muvofiqlashtirib olishlari mumkin. kelib yordam bera olishga imkoniyati yo‘qlar UzCard kartasiga pul o‘tkazishlari mumkin: 8600 0904 5833 1426. Payme orqali ham o‘tkazish imkoniyati bor: “Xizmatlar uchun to‘lov” bo‘limida “Xayriya” bandini tanlaysiz, keyin boshpana logotipini ko‘rsatasiz va o‘tkazma summasini kiritasiz.

Nochor ahvolga tushgan uy hayvonlariga yordam beramiz