Kengash haqida

Jamoatchilik Kengashi

Toshkent shahar Hokimiyati qoshidagi Jamoatchilik Kengashi - faol hayot tarzini loib boruvchi poytaxt aholisining kengashidir.
Jamoatchilik Kengashini tashkil etishdan maqsad: ijtimoiy ahamiyatga ega muammolarni hal qilish uchun fuqarolar va shahar hokimiyati o'rtasida konstruktiv muloqotni tashkil etish, eng yaxshi xorijiy tajribalarga tayangan holda yangi g'oyalar yaratish, jamoat nazoratini yaratish, hokimiyat faoliyat jarayoniga mutaxassislarni jalb qilish. 

Ko’prik

Jamiyat va hukumat tuzilmalari o'rtasidagi ko'prik. shahar atrof-muhitini takomillashtirish va fuqarolarning turmush darajasini yaxshilash bo'yicha talablarni dastlabki o'ringa qo'yish va ularni to’gridan to’g’ri yetkazib berish. 

Mutaxassislar bazasi

Shahar rivojlanishining asosiy yo'nalishlari bo'yicha mutaxassislar guruhlari. Shahar bo'yicha ustuvorlik qiluvchi masala va muammolarni tizimli hal etish bo'yicha tavsiyalarni ishlab chiqish. 

Yechim

Samarali yechimlarni kelgusida yanada kengaytirish uchun sinov tartibida ishga tushirish. 

Bizning qadriyatlarimiz:

• Jamiyat manfaatlariga xizmat qilish
• Yaratish
• Hamkorlik
• Inkluziya
• Shaffoflik 

Muhim masalalar:

• Shaharni strategik rivojlantirish
• Hokimiyatning ochiq va oshkoraligini oshirishga ko'maklashish: davlat buyurtmalarining shaffofligi, hukumat mulki, biznes loyihalar, va javob qaytarishligini ta’minlash.
• Shahrimiz "yashilligi"ni saqlash
• Inklyuziv jamiyat uchun shahar atrof-muhitiga mos bo’lgan shart-sharoitlarni yaratish
• tadbirkorlikni rivojlantirish, xizmat ko'rsatish sohasining iqtisodiyoti ulushini oshirish. 

Jamoatchilik Kengashining mutaxassislar guruhi

Amalga oshirilgan loyihalar

Loyihalar ro’yhati:
Toshkent-2025: O’zgarish
Investorlar Kuni
Toshkent Gerbi
Shahar Brendi
Sietl Hiyoboni  

Jamoatchilik Kengashi faoliyati jarayonidagi tayyorlanadigan ma’lumotnomalar va hisobotlar barcha fuqarolar e’tiboriga ochiq tarzda havola etiladi

amalga oshirishdagi loyihalar

yillik hisobot 2018

JAMOATCHILIK KENGASHINING a'zolari

Toshkent shahar Hokimiyati qoshidagi Jamoatchilik kengashi shahar va uning aholisi manfaati yo’lida faoliyat olib borgan holda, yuqori istak va qiziqish bilan katta vazifalarni o'z zimmasiga olmoqda, ularni amalga oshirishga ishonadi va o’z faoliyatini davom ettirishdan to’xtamaydi.
Xalqaro tajribalarni o'rgangan holda, ularning faoliyatidagi eng yaxshi amaliyotlarini mamlakat hamda fuqarolarning ijtimoiy taraqqiyoti yo’lida qo’llamoqda.
Shahar hayotining 13 sohasidagi muammoli vaziyatlarni oldini olish maqsadida oddiy va qulay bo'lgan samarali tizimli yechimlarni shakllantirmoqda.
Jamoatchilik Kengashi strategik va tavsiya beruvchi xususiyatga ega yechimlarni ishlab chiqishga mo'ljallangan tuzilma hisoblanib, individual murojaatlarni ko'rib chiqish va ularni hal qilish uchun yetarli resurslarga ega emas.
Jamoatchilik Kengashi shikoyat, murojaat va takliflarni faqat rasmiy aloqa kanallari orqali yozma va konstruktiv shaklda qabul qiladi.